ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Belarus Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi


14.09.2018

14 sentabr kuni Belarus Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey Yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

 

Bu yerda yuqori martabali mehmon Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Akbarovna bilan uchrashib, suhbatlashdi.

 

«Butun olamni jo qilgan yurak» ko‘rgazmasidan chuqur taassurot olgan Vladimir Makey, faxriy mehmonlar kitobida quyidagi so‘zlar bitilgan dastxat qoldirdi, «Islom Abdug‘aniyevich Karimov uzoqni ko‘ra bilgan dono siyosatchi bo‘lgan. Tatyana Akbarovnaga samimiy, yorqin xotiralarga boy suhbat uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz».