ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Meros va hozirgi zamon


30.01.2018

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi tomonidan Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi bilan birgalikda «Meros va hozirgi zamon» byulletenining birinchi soni chop etildi.

Byulletenning birinchi soni chop etilishi Islom Karimov tavalludining 80 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tadbirlariga to‘g‘ri kelganligi uchun Islom Abdug‘aniyevichning hayoti, faoliyati va O‘zbekiston mustaqilligini qo‘lga kiritishga, milliy davlatchilikni shakllantirish va rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi haqida hikoya qiluvchi xotiralar va maqolalarni o‘z ichiga oldi.

Xususan, Birinchi Prezidentimizni yaqindan bilgan zamondoshlarimizning ilk marotaba e’lon qilinayotgan intervyulari, Islom Karimov haqida qiziqarli hikoyalar va faktlar, shuningdek Birinchi Prezidentimizning rafiqasi Tatyana Karimov bilan intervyu kitobxonlarning e’tiboriga havola qilingan.

Bundan tashqari, asosiy e’tibor Islom Abdug‘aniyevich shaxsining noyob hislatlarini, u kundalik hayotda qanday bo‘lgani va o‘zining bo‘sh vaqtini nimaga bag‘ishlaganini ochib berishga qaratilgan.

Byulleten o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi.