ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Martabali mehmonlar Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirishdi


02.03.2018

2 mart kuni Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari B.Annameredov boshchiligidagi delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.

Mehmonlar mamlakatimizning Birinchi Prezidenti haykali poyiga guldasta quyib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

Delegatsiya a’zolari Islom Karimovning 80 yilligiga bag‘ishlangan “Butun olamni jo etgan yurak” ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishdilar hamda xotira kitobiga esdalik dastxatini yozib qoldirdilar.

Turkmaniston delegatsiyasi mamlakatimizga savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston qo‘shma komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan.