ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Hindiston Davlat vaziri Yodgorlik majmuasida


19.09.2018

Toshkentda 20-21 sentabr kunlari «Markaziy Osiyo transport koridorlari tizimida: amalga oshirilmagan imkoniyatlar va strategik istiqbollar» mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.

 

Unda 50 dan ziyod davlatlar vakillari ishtirok etadilar. Anjuman qatnashchisi, Hindiston temir yo‘llari Davlat vaziri Radjen Goxein 18 sentabr kuni Yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

«Butun olamni jo qilgan yurak» ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishgan Hindiston Davlat vaziri faxriy mehmonlar kitobiga esdalik dastxati yozib qoldirdi.

Majmua xodimlariga cheksiz minnatdorlik bildirgan yuqori martabali mehmonga «Islom Karimov – Mustaqil O‘zbekiston asoschisi» xotira kitobi sovg‘a qilindi.