ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Ozarbayjonlik mehmonlar


14.03.2018

14 mart kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga Ozarbayjondan kelgan mehmonlar tashrif buyurdilar.

Ozarbayjon Milliy Majlisi Spikeri o‘rinbosari Javonshir-Poshshozoda (Shayxulislom Ollox-Shukur-Poshshozodaning ukasi), “Azerbaijan Caspian Shipping company” kompaniyasi Bosh direktorining maslahatchisi Muhammad-Poshshozoda- (Shayxulislom Ollox-Shukur-Poshshozodaning ug‘li), Ozarbayjon Milliy majlisi deputati, "Arsenal Sentr" qurilish kompaniyasi rahbari Malik Xasanov Prezident Islom Karimov xotirasiga hamda uning oila a’zolariga o‘z hurmat va ehtiromlarini bildirish niyatida kelganlarini ma’lum qilishdi.

Ozarbayjonlik mehmonlar Islom Karimov haykali poyiga gullar qo‘yib, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

Islom Karimovning 80 yilligiga bag‘ishlangan "Butun olamni jo etgan yurak" ko‘rgazmasini mehmonlar katta qiziqish bilan ko‘zdan kechirdilar. Taassurotlar, faxriy mehmonlar kitobidagi dastxatda o‘z ifodasini topdi.

“Hurmatli Karimova xonim. Barcha qilingan ezgu amallar uchun Siz va Sizning siymoingizda butun o‘zbek xalqiga o‘z hurmat va ehtiromimni bildiraman” - deyiladi esdalik dastxatida.

Mehmonlarga Birinchi Prezidentimizning rafiqasi Tatyana Karimova hamrohlik qildi. Tashrif nihoyatda samimiy, ochiq va dustona ruhda o‘tdi.

Ta’kidlash lozim, yuqorida nomi tilga olingan Kavkaz musulmonlari idorasining raisi Shayxulislom Ollox-Shukur Poshshozoda tomonidan 2005 yili "Shayxulislom Ordeni" ta’sis etilgan. Ushbu faxriy mukofotning sanoqli sohiblari qatoridan O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov munosib o‘rin egallagan.