ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

EZGULIK – QАLB QOʼRIDАN TАRАLGАN YOGʼDU


01.12.2020

26 noyabrь kuni Oʼzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasida “3 dekabrь – Nogironlar kuni” munosabati bilan tadbir boʼlib oʼtdi. Bektemir tuman hokimligi tashabbusi bilan uyushtirilgan ushbu tadbirda tumanda yashovchi 30 nafar birinchi va ikkinchi guruh nogironlari, Oʼzbekiston Qurolli Kuchlar veterani general-mayor Rahmatulla Аtaxanov, Bektemir tuman xalq kengashi deputati Umid Xudayberganov, Milliy Gvardiya 89071-sonli harbiy qism komandiri Ruslan Gaziev, bloger Saodat Аbduzakirova, Bektemir tumani Nogironlar jamiyati raisi Nargiza Eshbaeva ishtirok etdi. Tashrif buyurgan mehmonlar “Butun olamni jo qilgan yurak” koʼrgazmasida Islom Karimov faoliyatiga oid badiiy asarlar bilan tanishdilar. Oʼzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʼyib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirildi.