ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

BUTUN OLAMNI JO QILGAN YURAK


08.01.2021

Islom Karimov mustaqil O‘zbekiston taraqqiyoti, xalq farovonligi yo‘lida o‘chmas iz qoldirdi. U butun umrini Vatan va millatga bag‘ishlagan fidoyi inson edi. O‘ta murakkab yillarda davlat boshqaruvini qo‘liga olgan Islom Karimov, tarixan qisqa muddatda uni ko‘p tarmoqli iqtisodga ega, rivojlangan mamlakatga aylantirishga erishdi. Aynan Islom Karimov rahbarligida kelajagi buyuk zamonaviy va demokratik davlat barpo etishda, hech mubolag‘asiz ulkan yutuqlar qo‘lga kiritildi. “Butun olamni jo qilgan yurak” deb nomlangan mazkur ko‘rgazma O‘zbekistonning Birinchi rahbari Islom Karimov hayoti va faoliyati haqida hikoya qiladi. Ko‘rgazma ikkita zaldan iborat. Birinchi zalda kartinalar galeriyasi, sport bo‘yicha olingan mukofotlar o‘rin olgan. Ikkinchi zalda esa, fotosuratlar galeriyasi joylashgan. Unda Islom Karimovning butun hayoti va faoliyati aks etgan.

Zallardagi monitorlarda mamlakatimiz hayotiga oid tarixiy ma’lumotlar, xususan, Islom Karimovning milliy davlatchilikda amalga oshirgan ishlari o‘z ifodasini topgan.

Ko‘rgazma zalining ish tartibi: (shanba va yakshanbadan tashqari har kuni) soat: 10.00. 17.00 gacha ishlaydi.

Eslatma: Ko‘rgazma zallariga tashrif buyuruvchilarning soni chegaralangan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 15-20 kishi kirishiga ruxsat beriladi.

Ko‘rgazma zallarida “bir tomonlama harakat”qoidasiga rioya qilinadi.