ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Butun olamni jo qilgan yurak


30.05.2018

 

Biz, Farg‘ona viloyatining bir guruh maktab direktorlari, Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida tahsil olyapmiz.

Islom Karimov nomidagi Yodgorlik majmuasiga kelib, «Butun olamni jo qilgan yurak» ko‘rgazmasini tomosha qilganimizdan xursandmiz.

Birinchi Prezidentimizning xotirasiga hurmat, xalqimizga nisbatan hurmatning ifodasi deb bilamiz. Ekspozitsiyaning tarixiy va tarbiyaviy ahamiyati beqiyos.

Ko‘rgazmani yoshlar albatta ko‘rishi kerak. Bu tariximizning bir bo‘lagi. Eng aziz va qadrli bo‘lagidir.

O‘quvchilarimiz ko‘rgazma ekspozitsiyasini katta qiziqish bilan tomosha qildilar. Ko‘rgazmaning nomi juda to‘g‘ri tanlangan: “Butun olamni jo qilgan yurak”. Birinchi Prezidentimiz nafaqat yuragi, butun borlig‘ini, hayotini xalqiga bag‘ishlagan.

Televizor orqali Birinchi Prezidentning yoshlar bilan uchrashuvini ko‘rsatishganida, meni bir narsa hayratga solardi. U kishi o‘smirlarga ham, kichkintoylarga ham Siz deb murojaat qilardilar.

Bu albatta, barchamizga ibrat bo‘lishi kerak.

Xotira, Islom Karimovdek buyuk shaxslarni hamisha yodimizda saqlash uchun kerak.

Leyla Karimova
Toshkent shahridagi 110-maktab o‘qituvchisi.

 

Mehnat faoliyatimni 1991 yilda Davlat avtoinspeksiyasi xodimi sifatida boshlaganman. Birinchi Prezident Devonining binosi joylashgan ko‘chada navbatchilik qilar edim. Islom Karimov u paytlarda «GAZ-31» rusumidagi avtomashinada ishga kelar edilar.

Darvoza oldida mashinadan tushib, uzoqdan turib, bizlar bilan albatta salomlashib, keyin kirib ketar edilar. Hayron qolar edik. Shu qadar e’tiborli va kamtar edilar. Ko‘rgazmadagi suratlarni ko‘rib, shular yodimga tushdi. Islom Karimovdek buyuk inson barchamiz uchun o‘rnak va ibrat bo‘lib qoladi.

Tursunali Azimov va bir guruh tinglovchi-kursantlar.

Ichki ishlar xodimlarini boshlang‘ich tayyorlash va malakasini oshirish markazi.

25 yil maktab direktori bo‘lib ishlaganman.

Mustaqillikka qadar qanday yashaganimiz, istiqlol yillaridagi o‘zgarishlar, Birinchi Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilgan ishlar, hammasi ko‘z oldimda.

«Butun olamni jo qilgan yurak» ko‘rgazmasidagi rasm va suratlar xotiralarimni jonlantirib yubordi.

Birinchi bo‘lish oson emas. Islom Karimov o‘z xalqining munosib yetakchisi, o‘z davlatining munosib Birinchi Prezidenti edi. Oxiratlari obod bo‘lsin.

Normamat Xamroyev- pensioner
Xorazm viloyati, Xonqa tumani.