THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

Xodimlar masofadan ishlashga oʼtdi


25.03.2020

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2020 yil 19 mart kuni imzolangan “Koronavirus pandemiyasi va global inqirozli hodisalarning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʼyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi farmoniga muvofiq, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oʼzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi qator chora-tadbirlarni koʼryapti. Unga koʼra, 2020 yil 23 martdan boshlab asosiy ish faoliyatiga taʼsir etmagan holda ishchi va xodimlarni qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat taʼtiliga chiqarish, qolgan ishchilarning faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (onlayn yoki distantsion tarzda) tashkil etildi. 24 mart holatiga koʼra, Yodgorlik majmuasida faoliyat koʼrsatayotgan 29 nafar xodim oʼz xohishiga koʼra, mehnat taʼtiliga chiqqan, 5 nafar xodim ish haqi saqlanmagan holda taʼtilga chiqdi, 14 nafar xodim masofadan mehnat faoliyatini olib boryapti. Mehnat faoliyatini davom ettirayotgan xodim va ishchilarning oʼz ish joyida shaxsiy himoya vositalari (niqob)da boʼlishi toʼla taʼminlangan.