THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

Xitoy Xalq Respublikasi xukumatining Yevroosiyo ishlari boʼyicha maxsus vakili Islom Karimov nomidagi majmuaga tashrif buyurdi.


07.01.2022

XXR xukumatining Yevroosiyo ishlari boʼyicha maxsus vakili Li Xuey, Xitoy va Oʼzbekiston munosabatlarini rivojlantirishga bagʼishlangan simpoziumda ishtirok etdi.

Bu yil Oʼzbekiston bilan Xitoy oʼrtasida diplomatik munosabatlar oʼrnatilganiga 30 yil toʼldi. Oʼtgan yillar davomida oʼzaro aloqalarni taraqqiy toptirishda katta yutuqlarga erishildi.

Li Xueyning aytishicha, Xitoy raxbariyati bundan buen ham, Oʼzbekiston bilan strategik hamkorlikni rivojlantirish tarafdori. Uning taʼkidlashicha, mamlakatlarimiz, koʼptomonlama yaxshi qoʼshnichilik tamoyillarini mustahkamlashda, barqarorlik va taraqqiyotni taʼminlashda Yevroosiyo hududida oʼziga xos muzokaralar maydoniga aylangan Shanxay tashkilotining asoschilaridir.

Oʼzbekistonga tashrifi chogʼida janob Li Xuey Islom Karimov nomidagi yodgorlik majmuasiga kelib, «Butun olamni jo qilgan yurak» koʼrgazmasini koʼzdan kechirdi.

U faxriy mehmonlar kitobiga quyidagi dastxatni yozib qoldirdi: «Men hurmatli Prezident Islom Karimovga, Xitoy bilan Oʼzbekiston oʼrtasidagi ikki tomonlama doʼstlik aloqalarini rivojlantirishga qoʼshgan ulkan hissasi uchun chuqur minnatdorligimni bildiraman. Li Xuey, 4 yanvarь 2022 yil».