THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

“Butun olamni jo qilgan yurak” koʼrgazmasi hamisha odamlar bilan gavjum


26.03.2021

“Butun olamni jo qilgan yurak” koʼrgazmasi hamisha odamlar bilan gavjum

 

Istiqlol yillarida mamlakatimiz erishgan ulkan yutuq va marralar Birinchi Prezidentimiz nomi va faoliyati bilan bogʼliq. Islom Karimov Oʼzbekistonni jahonda oʼz oʼrni va soʼziga ega davlatga aylantirdi. Yurtimiz mustaqilligini mustahkamlash, davlatimiz taraqqiyoti yoʼlida yuksak fidoyilik koʼrsatib mehnat qilgani xalqimiz uchun ibrat namunasi boʼlib qoldi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Oʼzbekiston davlatining asoschisi hayoti va faoliyatidan hikoya qiluvchi “Butun olamni jo qilgan yurak” koʼrgazmasi hamisha odamlar bilan gavjum. Oʼzbekiston xalq artisti Shirin Ramazonova koʼrgazma bilan tanishar ekan, jumladan, shunday dedi: “Bugun men Birinchi Prezidentimiz hayotiga oid ushbu kartinalarni koʼrib, koʼzlarim yoshga toʼldi. Oʼzbekning aziz farzandi Islom Karimov xalqiga dunyo havas qiladigan buyuk davlat barpo etdi, buning uchun nafaqat biz, balki kelajak avlod ham ul zotni cheksiz ehtirom ila xotirlaydi. Men Birinchi Prezidentimizning “El-yurt hurmatini qozonishni istagan ijodkor avvalo, sahna masʼuliyatini anglashi lozim” degan gaplarini koʼp eslayman, bu teran mushohadalar menga hamisha kuch, qatʼiyat va ilhom bagʼishlab kelgan”.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 Shirin Ramazonova 55 yildan beri Ogahiy nomidagi Xorazm viloyati musiqali drama teatri sahnasida yuzdan ziyod rang-barang obrazlarni yaratgan, qoʼshiqlar ijro qilgan.

  

 

 

    

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Manushak Аrushanova,

sanatshunos