THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

АBАDIYATGА MUHRLАNGАN KUNLАR


16.03.2021

1996 yil.

14 mart. Vazirlar Mahkamasining Raisi Islom Karimov “Xalqaro Аmir Temur jamgʼarmasini qoʼllab-quvvatlash toʼgʼrisida”gi va “Temuriylar tarixi Davlat muzeyini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarorlarga imzo chekdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Davlatimiz mustaqilligining birinchi kunlaridanoq asrlar davomida ajdodlarimiz yaratgan ulkan, bebaho maʼnaviy va madaniy merosni tiklashga katta ahamiyat berildi. Oʼzbekiston xalqi oʼz tarixini tiklash, haqsiz unutilgan nomlarni, jahon rivojlanishida muhim rol oʼynagan tarixiy shaxslarni yorugʼlikka chiqarish imkoniyatiga ega boʼldi. Ulkan davlat arbobi, buyuk sarkarda mohir islohotchi, savdo-sotiq, hunarmandchilik, ilm-fan va madaniyat homiysi boʼlgan Аmir Temur ana shunday siymolardadir. Bu tarixiy haqiqatni tiklash mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Karimov zimmasiga tushdi. Shunga asosan Birinchi Prezidentimizning farmoni bilan 1996 yil Аmir Temur yili deb eʼlon qilindi va uning 660 yillik yubileyi respublikamizda keng nishonlandi. 1996 yilning 14 martida esa Temuriylar tarixi Davlat muzeyi binosini barpo etish toʼgʼrisida Vazirlar Mahkamasining qarori eʼlon qilindi.