1 may sanasi 2014 yildan buyon mamlakatimizda “Favvoralar kuni” sifatida nishonlanadi. Bu an’ana O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2014 yil 23 aprelda qabul qilingan “Toshkent shahrida “Favvoralar sayli” yoshlar ommaviy-madaniy tadbirlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq amalga oshirib kelinmoqda.
Mundoq o‘ylab qarasangiz, jo‘shqin tiriklikdan, borliq, suv, havo va zamin uyg‘unligi manzarasini, kayfiyatini yaqqol namoyon etib turgan favvoralar – kattayu kichikka birdek zavqu shavq ulashib, quvonch va ko‘tarinkilik baxsh etadi, qalbga orom, ruhiyatimizga tetiklik hadya qiladi.
Islom Karimov ham xuddi shundoq deb hisoblardi, Respublikaning qaysi hududida bunyodkorlik, yaratuvchilik ishlari amalga oshirilib, yangi qurilishlar, binolar barpo etilsa, u yerda albatta – mahalliy iqlim, tabiat va imkoniyatdan kelib chiqib, favvoralar o‘rnatilishiga alohida e’tibor berardi. Poytaxtdagi o‘nlab, qolaversa, Samarqand, Farg‘ona, Urganch, Qarshi va boshqa shaharlarda qad rostlagan bir-biridan go‘zal, musiqali, rangli, betakror va maftunkor favvoralar fikrimizga dalil bo‘la oladi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
O‘sha davr guvohlarning xotirlashlaricha, poytaxtdagi talay inshootlar qatori, Milliy kutubxona va Simpoziumlar saroyi yonida o‘rnatilgan musiqali favvoralar loyihasini yaratishda ham Islom Karimovning o‘zi rahbarlik qilgan, ulardan turfa ranglar hamohangligida suv otilganda, Klara Jalilovaning “Maftuningman” filmidagi dilni o‘rtovchi qo‘shiqlari yangrab turishini tayinlagan ekan. Shunday, yaxshidan hamisha bog‘ qoladi...
...“Favvoralar kuni” munosabati bilan Islom Karimov nomidagi yodgorlik majmuasidagi “Butun olamni jo qilgan yurak” ko‘rgazmasida – Birinchi Prezident faoliyati davrida barpo qilingan favvoralarga bag‘ishlangan maxsus fotoekspozitsiya tashkil qilindi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
F.Qurbonboyev fotosuratlari