ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Yodgorlik majmuasida Islom Karimov kutubxonasi ish boshladi


27.08.2018

27 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti nomidagi Yodgorlik majmuasida Islom Karimov kutubxonasi o‘z ishini boshladi.

 

Islom Abdug‘aniyevich Karimovning asarlaridan tashqari, tarixchi, faylasuf, siyosatshunos olimlarning Birinchi Prezidentimiz hayoti va faoliyatiga oid qo‘lyozmalari, badiiy adabiyotlar, ilmiy nashrlar keng jamoatchilikka taqdim etilgan.

Kutubxona texnik va texnologik jihatdan zamon talablari darajasida jihozlangan. So‘zsiz mazkur kutubxona Mustaqillik asoschisi – Islom Karimovning ma’naviy merosini o‘rganish, bu yo‘nalishda ilmiy izlanishlar olib borish uchun ma’lumotlarga boy ma’rifat markazi bo‘lib xizmat qiladi.

Birinchi Prezidentning rafiqasi Tatyana Karimova kutubxonadagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.