ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Ukraina delegatsiyasi Yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi


17.05.2018

16-may kuni Ukrainaning bir qator oblastlari rahbarlaridan iborat delegatsiya a’zolari Yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishdi.

Mehmonlar Islom Karimov xaykali poyiga gullar kuyib uning xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

Birinchi Prezidentimizning rafiqasi Tatyana Karimova hamrohligida Ukraina delegatsiyasi a’zolari “Butun olamni jo etgan yurak”ko‘rgazmasini tomosha qilib, faxriy mehmonlar kitobida quyidagi dastxatni yozib qoldirishdi:
“Birinchi Prezidentning xotirasi O‘zbekiston xalqining yuragida hamisha jo bo‘lib tursin.
Sumsk, Xerson, Lvov oblastlari davlat ma’muriyatlari raislari nomidan”.

Ukraina delegatsiyasi “O‘zbekiston Neft va Gaz-2018” an’anaviy xalqaro ko‘rgazma va konferensiyaga taklif etilganlar.

Mamlakatimizga tashrifi davomida mehmonlar Samarqand, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlariga borib to‘g‘ridan to‘g‘ri, ikki tomonlama xo‘jalik aloqalarini o‘rnatish imkoniyatlarini o‘rganib chiqadilar.