ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Xalqimizning buyuk farzandi


30.01.2018

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 

Tadbirda Birinchi Prezidentimiz, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimovning ona Vatanimiz mustaqilligi, el-yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi ulkan tarixiy xizmatlari xususida so‘z yuritilib, istiqlol yillarida Islom Karimov rahbarligida barcha sohalar qatorida xalqimizning ma’naviy qadriyatlariga ehtirom, muqaddas dinimiz, o‘zligimiz, an’ana va urf-odatlarimiz, bebaho tarixiy merosimizni tiklash hamda saqlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani ta’kidlandi. 

Bugun globallashib borayotgan dunyoda Islom Karimovning g‘oyalari barkamol avlodni tarbiyalashga katta hissa qo‘shadi. 

«Islom Karimov – O‘zbekiston mustaqilligining asoschisi» videofilmining namoyishi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. 

Shu kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti tuzilib, yoshlar yetakchisi saylandi. 

 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA