ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Hamkorlik istiqbollari


06.04.2018

6 aprel kuni Islom Karimov Yodgorlik Majmuasiga tashrif buyurgan Xitoy fotosur’atchilar jamiyati raisining o‘rinbosari Chjan Xunpin xonim Islom Karimov haykali poyiga gullar qo‘yib «Butun olamni jo etgan yurak» ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishdi.

Chjan Xunpin xonim ekspozitsiyani yuqori baholab, Yodgorlik Majmuasi bilan hamkorlikda ko‘rgazmalar tashkil qilishga katta qiziqish bildirdi.

Xitoylik mehmonga Yodgorlik Majmuasi rahbarining o‘rinbosari Tursunali Qo‘ziyev hamrohlik qildi.