ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Hamisha yodimizda, qalbimizda


25.01.2019

Yodgorlik majmuasidagi «Butun olamni jo qilgan yurak» ko‘rgazmasi hamisha odamlar bilan gavjum.

  

Ayniqsa, Birinchi Prezidentimizning tavallud topgan kuni arafasida tashrif buyuruvchilarning keti uzilmadi.

25-yanvar kuni Yodgorlik majmuasiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlaridan bir guruhi tashrif buyurib, Islom Karimov haykali poyida uning xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

 

Mehmonlar «Butun olamni jo qilgan yurak» ko‘rgazmasini katta qiziqish bilan tomosha qildilar. Ko‘rgazma ekspozitsiyasi vaqti-vaqti bilan yangi fotosuratlar asosida yangilab turiladi. Yanvar oyida Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Akbarovna tomonidan ko‘rgazmaga antiqa eksponatlar taqdim etildi. Birinchi Prezidentimizga xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari tomonidan topshirilgan mukofotlar ekspozitsiyani yanada boyidi.

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent viloyati Boshqarmasi ofitserlari va oddiy askarlar ko‘rgazmaga o‘rnatilgan yangi axborot stendlari va ekspozitsiyadan o‘rin egallagan xalqaro mukofotlar to‘plami haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ldilar. Faxriy mehmonlar kitobiga buyuk shaxsning xotirasiga bag‘ishlangan dastxatlar yozib qoldirildi.