ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Anons


28.03.2019

O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ilmiy – ma’rifiy yodgorlik majmuasi 2019 yil 29-30 aprel kunlari Samarqand shahrida «Islom Karimov o‘qishlari: Islom Karimov – davlat mustaqilligining asoschisi» mavzusida ilmiy-amaliy Anjuman o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Batafsil ma’lumot bilan tanishing.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi
ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi
AXBOROTI
Sizni 2019 yil 29-30 aprel kunlari Samarqand shahrida «Islom Karimov o‘qishlari: Islom Karimov – davlat mustaqilligining asoschisi» mavzusidagi ilmiy anjumanda ishtirok etishga taklif etamiz.
Anjuman Islom Karimovning buyuk shaxs, erkin fuqarolik jamiyati va bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat asoschisi va bunyodkori sifatidagi hayoti va serqirra faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlanadi.
Anjuman o‘tkazish joyi: Samarqand Davlat Universiteti

ANJUMAN TASHKILOTCHILARI:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi

Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi va

Samarqand Davlat Universiteti ishtirokida

Samarqand viloyati hokimligi ko‘magida

DASTURIY QO‘MITA


Shirinov T. (rais)
Kuziyev T.K.
Tursunova S.D.
Kuchkarov V.X.
Nazarov R.R.
Raxmatullayev Sh.M.


TASHKILIY QO‘MITA


Shirinov T. (rais)
Xalmuradov R.I. (rais o‘rinbosari)
Ishmatov A.N.
Ubaydullayev B.X.
Mirziyotov I.M.
Shukurova D.Sh.

ILMIY DASTUR


Anjuman dasturi quyidagi ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha dolzarb masalalarning keng muhokamasini o‘z ichiga olgan:


1. Islom Karimov – zamonaviy O‘zbekistonning asoschisi, yaratuvchisi va me’mori, mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi yutuqlarining ijodkori, jahon hamjamiyatida mamlakatning obro‘-e’tibori mustahkamlanishi asoschisi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining xotirasini, uning mustaqillikni qo‘lga kiritishga, milliy davlatchilikni qurishga qo‘shgan ulkan hissasi va Islom Karimov shaxsining tarixiy rolini abadiylashtirish, shuningdek uning merosini ommalashtirish.
3. Aholini, ayniqsa yoshlarni va xorijiy mehmonlarni mustaqil O‘zbekistonning dastlabki qadamlaridan boshlab va keyingi yillardagi rivojlanishi tarixi bilan tanishtirish, respublika yutuqlarini targ‘ib qilish.

Anjuman davomida tadqiqotlarning dolzarb muammolari va an’analariga bag‘ishlangan yalpi ma’ruzalar, sho‘balar bo‘yicha yig‘ilishlar; davra suhbatlari doirasida munozaralar tashkil etiladi.

Nazorat sanalari:

15.04.2019 – ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish yakuni
17.04.2019 – ma’ruzalar qabul qilishning yakuni
20.04.2019 – anjuman dastlabki dasturining tarqatilishi
30.04-1.05.2019 – Anjuman ish kunlari.

Ma’ruzalar taqdim etilishining tartiblari

Ma’ruzalar o‘zbek yoki rus tilida – Times New Roman 12 shriftida yozilishi talab etiladi.
Fayllar format .doc yoki .rtf formatda bo‘lishi va hajmi 5 Mb. Dan oshmasligi kerak
Fayl nomi muallifning lotin alifbosida yozilishi ismi sharifi bilan atalishi kerak (misol: Mahmudov_A_A.doc).

Ma’ruza hajmi:
4(to‘rt) betda A4 formatda (210x297mm)

Ma’ruza matniga bo‘lgan talablar:
• hoshiyalar yuqori va pastki – 2,0 sm, o‘ng,chap – 2,5 sm;
• shrift – Times New Roman, – 12 pt;
• qator oraliqlari masofasi – birlamchi, abzas 0,6 sm;

Ma’ruza strukturasi:
• ma’ruza nomi (sahifa markazida qalin harflar bilan);
• bir satrdan keyin – muallifning ismi sharifi (qalin shriftda va markazda) spikerning familiyasi chizilgan
• bir satrdan keyin – tashkilot nomi, pochta manzili va elektron pochta manzili (kursiv bo‘yicha, sahifa markazida joylashgan);
• bir satrdan keyin ma’ruza matni (sahifaning kengligi bo‘yicha joylashtiriladi);
• bir satrdan keyin adabiyotlar ro‘yxati yoziladi (qalin kursiv shriftda)
• keyingi qatorda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati beriladi

Jadvallar, rasmlar, formulalar, grafikalarni matnga joylashtirish tartibi:

• obyektlar sahifaning markaziga joylashtiriladi;

• jadvallarga taaluqli so‘zlar jadvalning ustki qismiga, qolgan obyektlarning yozuvi ularning pastki qismiga joylashtiriladi;


• Jadvallar va sxemalarning yozuvlari 10 pt bo‘lishi kerak.

Ko‘rsatkich va adabiyotlar ro‘yxatini joylashtirish:

• ma'ruza matnidagi adabiyotlarga ko‘rsatkichlar arab raqamlarida to‘rtburchak qavsda beriladi;

• foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati tartib raqamida beriladi.

Yuqoridagi talablarga asosan yozilmagan ma’ruzalar dasturiy qo‘mita tomonidan ko‘rilmaydi. Qabul qilingan ma’ruzalar muallif redaktorligida nashr etiladi.
To‘ldirilgan ro‘yxatdan o‘tish formasini va ma’ruzalarni quyidagi elektron pochtaga: immm@umail.uz; majmua@umail.uz  jo‘natishingiz mumkin
Anjuman ishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning hayoti va faoliyati bo‘yicha mavzuli ko‘rgazma tashkil etiladi.
Anjuman ishtirokchilari uchun Samarqandda mehmonxonalarni bronlash uchun buyurtmalar 71 239 51 98, 71 239 55 89 telefonlari orqali 2019 yil 20-aprelgacha amalga oshiriladi.
Anjuman dasturi bilan quyidagi www.islomkarimov.uz. Sayt orqali tanishishingiz mumkin.
Biz Sizni Anjuman ishtirokchilari qatorida ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz!