НАУЧНО-ПРОСВЕТИТЕЛЬСКИЙ КОМПЛЕКС ИСЛАМА КАРИМОВА

“Xotirangiz qalblarda mangu” nomli xotira kechasi


29.01.2018

29 yanvar kuni Respublika bolalar kutubxonasining anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan “Xotirangiz qalblarda mangu” nomli xotira kechasi o‘tkazildi. 

Tadbir O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbirda Islom Karimovning hayoti va ijodi haqidagi hujjatli film namoyish etildi. Yunusobod tumanidagi Tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktabining 6-9-sinf o‘quvchilari badiiy dasturi bilan faol ishtirok etdilar. Yashnabod tumanidagi 61-umumta’lim maktabi hamda Yunusobod tumanidagi 63-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchilari tinglovchilar sifatida qatnashdilar.