НАУЧНО-ПРОСВЕТИТЕЛЬСКИЙ КОМПЛЕКС ИСЛАМА КАРИМОВА

SANALARGA MUHRLANGAN TARIX


23.08.2021

1996 yil.

20 avgust. Prezident Islom Karimov «Harbiy va maxsus unvonlar berish to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.

* * *

21 avgust. Vazirlar Mahkamasida mustaqillikning besh yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Islom Karimov nutq so‘zladi.

* * *

23 avgust. Prezident Islom Karimov O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Respublikalari davlatlararo kengashida ishtirok etish uchun Qozog‘iston poytaxti Almati shahriga jo‘nab ketdi. Kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov qozoq oqini Jambul Jabayev tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishda ishtirok etib, nutq so‘zladi.

* * *

26 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Amerika Qo‘shma Shtatlarining Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotidagi (YEXHT) delegatsiyasi rahbari Sem Braunni qabul qildi.

* * *

26 avgust. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining besh yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.

* * *

26 avgust. Prezident Islom Karimov poytaxtimizda bunyod etilayotgan Temuriylar tarixi davlat muzeyi binosi qurilishi bilan tanishdi, me’mor va quruvchilar bilan suhbatlashdi.

* * *

26 avgust. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining besh yilligi munosabati bilan fan, madaniyat, xalq ta’limi va boshqa ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.

* * *

28 avgust Toshkentdagi Xalqlar do‘stligi saroyida «O‘zbekiston — Vatanim manim» qo‘shiqlar ko‘rik-tanlovi g‘oliblari va qatnashchilarining katta konserti bo‘lib o‘tdi. Tantanada Prezident Islom Karimov ishtirok etdi. Shu kuni Prezident Islom Karimov «Samarqand shahrini «Amir Temur» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida»gi va «Shahrisabz shahrini «Amir Temur» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida»gi farmonlarga imzo chekdi.