НАУЧНО-ПРОСВЕТИТЕЛЬСКИЙ КОМПЛЕКС ИСЛАМА КАРИМОВА

Xamisha ta’zimdamiz


07.03.2018

8 mart Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlangan rasmiy tantanali marosimlarda ishtirok etish uchun yurtimizning turli hududlaridan poytaxtimizga taklif etilgan respublikaning bir guruh faol xotin-qizlari Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdilar.

Mehmonlar Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga guldastalar qo‘yib, buyuk shaxs xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

Shuningdek, ayollar Islom Karimovning 80 yillik yubileyiga bug‘ishlangan «Butun olamni jo etgan yurak» nomli ko‘rgazmani katta qiziqish bilan ko‘zdan kechirdilar. Chuqur taassurotlar, faxriy mehmonlar kitobidan o‘rin egallagan dastxatda o‘z ifodasini topdi.