THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

Yodgorlik majmuasiga YuNESKOning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari tashrif buyurdi


23.05.2018

22-may kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga YuNESKOning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari Dendev Badarch tashrif buyurdi.

Yuqori martabali mehmon «Butun olamni jo qilgan yurak» ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishdi.

Islom Karimov xotirasiga hurmat va ehtiromini janob Badarch, faxriy mehmonlar kitobida qoldirgan dastxatida ifoda etdi:
«Mamlakatni taraqqiy toptirishda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti janob Islom Karimovning boy hayotiy tajribasi, uzoqni ko‘rish qobiliyati hayratga loyiq.
Hammangizga muvaffaqiyatlar, mamlakatingizga farovonlik tilayman,
D.Badarch YuNESKO».