THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

Yodgorlik majmuasiga Sabrina Xeyneki tashrif buyurdi


17.05.2018

17-may kuni Yodgorlik majmuasiga “M&S Saatchi” piar-kompaniyasining xalqaro biznes bo‘yicha direktori Sabrina Xeyneki tashrif buyurdi.

Angliyalik mehmon Islom Karimov xotirasiga hurmat bildirib, Birinchi Prezident tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan “Butun olamni jo etgan yurak” ko‘rgazmasini katta qiziqish bilan tomosha qildi.

“Fayzli va go‘zal bir bog‘da ajoyib majmuani ko‘zdan kechirdim. Birinchi Prezident Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirish imkoniyati va mehmondo‘stligingiz uchun tashakkur”-degan so‘zlar Britaniyalik xonimning faxriy mehmonlar kitobidagi dastxatiga bitilgan.