THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

Unutilmas uchrasuvlar


11.01.2022

     7 yanvar kuni Islom Karimov nomidagi yodgorlik majmuasiga 1-chi va 2-chi chaqiriq Oliy Majlis deputati, koʼp yillar davomida Oliy Majlis raisi oʼrinbosari lavozimida ishlagan Boris Bugrov tashrif buyurdi. Boris Ivanovich 90-chi yillarda bevosita Islom Karimov raxbarligi ostida faoliyat yuritgan.


    Birinchi Prezidentning rafiqasi Tatyana Аkbarovna bilan uchrashuv va samimiy suhbat chogʼida u, Buyuk davlat arbobi, oʼz yurtining chin vatanparvari, Mustaqil Oʼzbekiston asoschisi Islom Karimov xotirasiga nisbatan oqilona va insoniy munosabati uchun Prezident Shavkat Mirziyoevga chuqur minnatdorligini bildirdi.


    Tatyana Karimova esdalik uchun mehmonga, Birinchi Prezidentning hayoti vafaoliyatiga bagʼishlab nashr etilgan kitoblar toʼplamini sovgʼa qildi. Boris Ivanovich Tatyana Аkbarovnaga oʼz minnatdorligini izxor etib, uzoq umr, mustahkam sogʼliq, Islom Аbdugʼanievich xotirasini abadiylashtirish yoʼlida amalga oshirilayotgan ishlarda muvaffaqiyatlar tiladi.