THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlab chiqarilgan pochta markalariga maxsus xotira tamg‘asini qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi


30.08.2018

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning mamlakatimizning Birinchi Prezidenti xotirasini abadiylashtirish, Islom Karimovning 80 yillik yubileyini munosib nishonlash bo‘yicha qabul qilgan qarori asosida Yodgorlik majmuasi bilan Islom Karimov fondi hamkorligida qator tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

  

 

29 avgust kuni Yodgorlik majmuasida Birinchi Prezidentning 80 yilligiga bag‘ishlab chiqarilgan pochta markalariga maxsus xotira tamg‘asini qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Pochta markalari turkumi (tematik klyasser) «O‘zbekiston pochtasi» AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2018 yil 30 yanvarda muomilaga kiritildi.
Islom Karimovning siymosi aks ettirilgan maxsus xotira tamg‘asi ham tayyorlandi.

 

Tantanali marosimda Birinchi Prezidentning rafiqasi Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi Homiylik kengashining a’zosi Tatyana Akbarovna Karimova ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Pochta markalariga maxsus tamg‘a qo‘yish marosimida Oliy Majlis deputatlari, vazirlik va idoralar rahbarlari, Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyalari sovrindorlari, xorijiy davlatlar elchixonalari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.