THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

SOLNOMA. Tashqi siyosat.


10.06.2020

1989 yil 23 iyun

O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining XIV plenumi bo'lib o'tdi. Unda Qashqadaryo oblast partiya komitetining birinchi sekretari bo'lib ishlab kelgan Islom Karimov O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari etib saylandi.

 

1990 yil 20 iyun

O'zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilindi. Deklaratsiyada huquqiy va demokratik davlat mustaqilligining ustuvorligi, O'zbekistonning ittifoqdosh respublikalar va boshqa davlatlar bilan munosabatlari shartnomalar asosida belgilanishi va davlat belgilari (gerb, bayroq, madhiya)ni ta'sis etishi qayd etildi.

 

1992 yil 10 iyun

O'zbekiston davlat delegatsiyasining Saudiya Arabistoniga rasmiy safari chog'ida mamlakat podshohi Fahd ibn Abdul Aziz al-Saud Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovga muqaddas sovg'a – Ka'ba ustiga yopiladigan yoping'ich (kisva)ning bir parchasini shaxsiy hadya sifatida tortiq etgan edi. Qurbon hayiti arafasida Islom Karimov uni Samarqand viloyati Chelak tumanidagi Imom Buxoriy masjidiga tortiq qildi.

 

1993 yil 24 iyun

 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning farmoniga muvofiq 27 iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni deb belgilandi.

 

1994 yil 16 iyun

O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov “O'zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to'g'risida”gi farmonga imzo chekdi.

 

 1996 yil 25 iyun

Prezident  Islom Karimov Oq uyda AQSh Prezidenti Bill Klinton bilan uchrashdi. Suhbat chog'ida mamlakatlarimiz o'rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, hamkorlikning huquqiy asoslarini kengaytirish, Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlik masalalari xususida fikr almashildi.

 

2004 yil 14-15 iyun

O'zbekiston Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xu Tszintao davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo'ldi. Davlat rahbarlari O'zbekiston bilan Xitoy o'rtasida sherikchilik munosabatlari, do'stlik va hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash to'g'risidagi qo'shma deklaratsiyani imzoladilar.

 

2015 yil 11 iyun

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga keldi. Ko'ksaroy qarorgohida O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov bilan BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning uchrashuvi bo'ldi. Muzokaralar chog'ida tomonlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga ega keng ko'lamli masalalarni muhokama etib, O'zbekistonning BMT va uning ixtisoslashtirilgan institut hamda agentliklari bilan hamkorligini yanada rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarini belgiladi.

 

2015 yil 15 iyun

O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Xalqaro olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax hamda Osiyo milliy olimpiya qo'mitasi assotsiatsiyasi va Osiyo olimpiya kengashi prezidenti Shayx Ahmad al-Fahad al-Sabohni qabul qildi. Uchrashuvda O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning tashkiliy asoslari takomillashtirilgani, jismoniy-sog'lomlashtirish mashg'ulotlari aholi o'rtasida keng ommalashgani, sohani moliyalashtirish, kadrlar tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish tizimi yuksalgani, moddiy-texnik baza mustahkamlangani qayd etildi. Uchrashuvda O'zbekiston Prezidentiga sportni va olimpiya harakatini rivojlantirishdagi buyuk xizmatlari uchun Xalqaro olimpiya qo'mitasining medali, shuningdek, O'zbekistonda va Osiyoda futbolni rivojlantirishga qo'shgan ulkan hissasi uchun Osiyo olimpiya kengashining mukofoti topshirildi.