THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni


26.06.2021

27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy majmuada tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda majmua rahbari Temur Shirinov jamoada faoliyat yurituvchi jurnalistlarini tabriklab, jumladan, shunday dedi: “Matbuot tarixiy hujjat, bu muhim hujjatni yaratgan insonlar nomi ham tarixga muhrlanadi.    Ayniqsa, bugungi kunda  ommaviy axborot vositlarining roli tobora ortib borayotir. Hozirgi zamon jurnalistidan ochiqlik, shaffoflik, tezkorlik va haqqoniylik tamoyillari asosida faoliyatlarini yoritib borish, tahliliy-tanqidiy yondashuvlar asnosida davlat va jamiyat o‘rtasida mustahkam ko‘prik bo‘la olishi talab etilmoqda”.

Darhaqiqat, matbuot va ommaviy axborot vositalari ishi har tomonlama og‘ir va mas'uliyatlidir. Mamlakatimiz yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilayotgan, ochiqlik va oshkoralik, so‘z va fikr erkinligi hayotimiz mezoniga aylanib borayotgan bugungi kunda mas'uliyat yanada kuchaymoqda. Zero, dunyo shiddat bilan o‘zgarmoqda. Shu bois barcha sohalarda axborot olish va uni yetkazish, ta'sirchan jamoatchilik fikrini shakllantirish zaruratga aylangan. Bunday murakkab sharoitda hayot yangidan-yangi talab va vazifalarni oldimizga qo‘ymoqda.