THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

Mamlakatimiz asoschisi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov hayot bo‘lganlarida 30 yanvar kuni 80 yoshni qarshi olar edilar!


27.01.2018

“Siz hamisha qalbimizdasiz”

Otajonim ortingizdan bo‘zlab qoldik
Qilgan ezgu ishlaringiz so‘zlab qoldik
Qiyomatga qoldirdingiz diydor baxtin
Izlaringiz to‘tiyodek izlab qoldik

Siz tufayli jannat bo‘ldi O‘zbekiston
Har qadami chamanzoru bog‘i bo‘ston
Bular bari mehnatingiz samarasi
Yashadingiz elni o‘ylab har dam har on

Hatto tunda tinmadingiz fikri o‘yg‘oq
Istadingiz kelajakni ko‘rmoq porloq
Oh hammasi siz aytgandek bo‘lganida
Bugun nega safimizda yo‘qsiz biroq

Otajonim ortingizdan yig‘lab qoldik
Shikasta bu ko‘ngillarni tig‘lab qoldik
Joylaringiz jannatlarda bo‘lsin endi
Deya so‘nggi tilaklarni tilab qoldik

 

                                           Odina Ubayeva