THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

“Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy-ommabop maqola” tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi


28.03.2018

28 mart kuni O‘zbek Milliy drama teatrida “Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy-ommabop maqola” tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, "Jahon" axborot agentligi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoki, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, Respublika “Maxalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi, Islom Karimov xayriya jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan tanlovda yoshi, millati, ma’lumoti, yashash manzili, ijtimoiy maqomi va kasb-koridan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarning fuqarolari ishtirok etdilar.

Tanlov Islom Karimovning 80 yilligi arafasida mamlakatimiz Birinchi Prezidentining xotirasini, uning mustaqillikni qo‘lga kiritishga, milliy davlatchiligimizni qurishga qo‘shgan ulkan hissasi va tarixiy rolini abadiylashtirish, shuningdek uning merosini ommalashtirish maqsadida o‘tkazildi.

2017 yilning 31 dekabrigacha 2016-2017 yillarda respublika hamda xorij gazeta va jurnallarida, internet nashrlarida e’lon qilingan materiallar qabul qilindi.

Mamlakatimiz fuqarolari va xorijiy mualliflardan tanlov hay’ati ko‘rib chiqishi uchun 900 ga yaqin materiallar o‘zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz, fransuz, italyan, xitoy, nemis, yapon, arab, koreys, ozarbayjon, qozoq, turkman, qirg‘iz tillarida kelib tushdi.

Taqdim etilgan maqolalarni adolatli ko‘rib chiqish uchun tanlov hay’ati tarkibida malakali mutaxassislar, olimlar, tarixchilar, yozuvchilar, jurnalistlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tanlov ishlari maqola mavzusi yangiligi va ochib berilganligi, mazmunan tarixiy haqiqatga to‘g‘ri kelishi, muallif tomonidan ilmiy manbalardan keng foydalanilganligi, shuningdek maqolaning ilmiy va badiiy saviyasini hisobga olgan holda besh ballik tizimi bo‘yicha baholandi.

Tanlov g‘oliblari uchun quyidagi mukofotlar ta’sis etilgan:

Birinchi o‘rin-maxsus diplom va O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish xaqining 100 barobari miqdorida pul mukofoti;

Ikkita ikkinchi o‘rin-diplom va eng kam ish xaqining 75 barobari miqdorida pul mukofoti;

Uchta uchinchi o‘rin-diplom va eng kam ish xaqining 50 barobari miqdorida pul mukofoti (mablag‘lar davlat byudjeti hisobidan ajratilgan).

Tanlov tashkilotchilari tomonidan 20 ta rag‘batlantiruvchi mukofotlar ham ta’sis etilgan (mablag‘lar Islom Karimov nomidagi jamoat xayriya fondi hisobidan ajratilgan). Shuningdek, mukofotlanganlarga Islom Karimovning 80 yilligiga bag‘ishlab chop etilgan “Islom Karimov-Mustaqil O‘zbekiston asoschisi” nomli kitob-albom sovg‘a qilindi.

Tanlov g‘oliblari:

1-o‘rin va bosh mukofot sovrindori Halim Saidov. “Boshlang‘ich ta’lim” jurnali Bosh muharriri. “Millat xazinasini boyitgan mutafakkir” maqolasi uchun.

2-o‘rin sovrindorlari:

Kyoko Nakayama Yaponiya parlamenti yuqori palatasi deputati, “Yaponiya-O‘zbekiston” do‘stlik uyushmasi prezidenti hamda Nabuxiko Shima siyosiy sharxlovchi. “O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti xotirasiga: Islom Karimov- o‘zbek xalkining buyuk farzandi” maqolasi uchun.

Olimov Sultonmurod “Naqshbandiya” jurnali Bosh muharriri. “Buyuk davlat va siyosat arbobi” maqolasi uchun.

3-o‘rin sovrindorlari

Boyxonov Musurmon. “Yonimizdan o‘tgan mangulik” maqolasi;

Ayimbetova Zamira. Qoraqalpoq Davlat universiteti magistranti. «Islom Karimov siymosi Ibroxim Yusupov she’riyatida» nomli ingliz tilida chop etilgan maqola;

Gonashvili Aleksandr. Sankt-Perterburg Davlat universiteti talabasi. “Rol lichnosti I.A.Karimova v formirovanii sovremennogo Uzbekistana (posvyaщayetsya 80-letiyu Pervogo Prezidenta Uzbekistana)” maqolasi uchun.

Tadbirda birinchi o‘rin sovrindori Halim Saidov, uchinchi o‘rin sovrindori Zamira Ayimbetova, Yaponiyaning O‘zbekistondagi muvaqqat ishlari vakili Atsushi Suda so‘zga chiqishdi.

Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov, Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova ishtirok etdilar.

Rag‘batlantiruvchi mukofotlar bilan  taqdirlanganlar ro‘yxati:

  1. Alimardonov To‘lqin, siyosiy fanlar doktori. “O‘zbek modeli: yuksalish bosqichlari” maqolasi uchun;
  2. Alimov Beruniy, Jahon tillari universiteti katta o‘qituvchisi. “Davlatchilik va unga rahnamolik haqidagi qarashlar silsilasi” maqolasi uchun;
  3. Bobojonov Shavkatjon, Buxoro davlat universiteti tarix kafedrasi o‘qituvchisi. “Qalbingizda mangu yashaydi” maqolasi uchun;
  4. Ibrohimov Abduqahhor, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi. “Millatning baxti” maqolasi uchun;
  5. Izzatullayeva Muqaddam, Namangan shahri 25-son maktabi o‘qituvchisi. “Fidolik - asl farog‘atdir”, “Ulug‘vor fenomen” maqolalari uchun;
  6. Inomov Akram, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist. “Xalqimiz baxti uchun yo‘g‘rilgan umr”, “Chorak asr” maqolasi uchun;
  7. Islamov Ramil, “Pravda Vostoka” gazetasi bo‘limi mudiri. “Lider opredelivshiy epoxu” maqolasi uchun;
  8. Isomiddinov Zuhriddin, filologiya fanlari nomzodi. “Islom Karimovning jasorati” maqolasi uchun;
  9. Karimov Amirqul, “Oltin meros” xalqaro xayriya jamoat fondi raisi. “Men bilgan Islom Karimov” turkum maqolalari uchun;
  10. Qabilov Sharif, IIV akademiyasi dotsenti. “Islam Karimov – vыdayuщiysya gosudarstvennыy deyatel” maqolasi uchun;
  11. Qahhorov Avaz, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti doktoranti. “Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” Islom Karimov tufayli dunyo miqyosida tan olindi”  maqolasi uchun;
  12. Matyakubov Kamol, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist. “Buyuk tarixni tiklagan va yangi tarix yaratgan shaxs” maqolasi uchun;
  13. Norbo‘tayeva E’tibor. “Qashqadaryo ko‘zgusi OAV” bosh muharriri. “Qanoti qayrilmay uchayotgan qush (Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimovning asarlarini o‘qib” maqolasi uchun;
  14. Normatov Ibrohim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist. “Ozodlikni olovlardan omon saqlagan inson” maqolasi uchun;
  15. Ochilov Nuriddin, jurnalist. “Tahlikali yillar balogardoni” maqolasi uchun;
  16. Razzoqov Jabbor,  O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist. “Dunyo e’tirofi yoki taraqqiyot sari yo‘l” maqolasi uchun;
  17. Stetsenko Inna, iqtisodiyot doktori, professor, Riga (Latviya). “Realizatsiya sotsialnoy politiki nezavisimosti Respubliki Uzbekistan za 25 let” maqolasi uchun;
  18. To‘xliyev Nurislom, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. “Ozod va obod Vatan yulida” maqolasi uchun;
  19. Shuhratov Jonibek, Navoiy shahar hokimligining yetakchi mutaxassisi. “Otam o‘qigan maktub” maqolasi uchun;
  20. Shodiyev Narzulla, filologiya fanlari doktori, professor, Berikboyev Abdurashid, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent. “Jizn, posvyaщennaya vыsokim idealam” maqolasi uchun.

 

Farxod Kurbanbayev olgan suratlar