THE ISLAM KARIMOV ACADEMIC AND EDUCATIONAL COMPLEX

«Dori-darmon» Aksiyadorlik Kompaniyasi xodimlari Yodgorlik majmuasida


20.08.2018

20 avgust kuni, ulug‘ ayyom – Qurbon hayiti arafasida Yodgorlik majmuasiga «Dori-darmon» Aksiyadorlik Kompaniyasining markaziy va hududiy bo‘linmalari rahbarlari, hamda kompaniya mutaxassislaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

 

Mehmonlar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti haykali poyiga gulchambar qo‘yib, Islom Karimovning xotirasini hurmat bilan yodga oldilar.

 

Delegatsiya a’zolari Birinchi Prezidentning rafiqasi Tatyana Karimova hamrohligida «Butun olamni jo qilgan yurak» ko‘rgazmasini katta qiziqish bilan tomosha qildilar.

 

Faxriy mehmonlar kitobida kompaniya rahbari Ravshan Azimov tomonidan quyidagi dastxat yozib qoldirildi:

«Islom Abdug‘aniyevich Karimov – buyuk siyosat va davlat arbobi. Uning hayoti – o‘z xalqiga jonini fido qilib yashashning yorqin namunasi. Birinchi Prezident tomonidan asos solingan mustaqillik g‘oyalarini amalga oshirishni bugun davom ettirayotganlar uchun, har birimiz uchun bu insonning hayoti ibrat bo‘lishi kerak. «Dori-darmon» AJ va shaxsan o‘z nomimdan Birinchi Prezidentning merosini asrab-avaylab saqlayotgani, uning xotirasiga cheksiz hurmat ko‘rsatayotgani uchun Tatyana Akbarovna Karimovaga minnatdorlik bildiramiz».

 

O‘z navbatida Tatyana Akbarovna shaxsiy dastxati bitilgan «Islom Karimov – Mustaqil O‘zbekiston asoschisi» xotira kitobi hamda ko‘rgazma katalogini mehmonlarga taqdim etdi.